Maktabimizda oʻqituvchilar oʻquvchilardan anʼanaviy oʻqishga qaytishini soʻramoqda, shu toʻgʻrimi? — dolzarb savollarga aniq javoblar

15:07 24 Noyabr 2020 Jamiyat
304 0

Illyustrativ foto

AOKAda oʻtgan brifingda Xalq taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova aholidan tushayotgan savollarga javob qaytardi:

Savol: Maktabimizda oʻqituvchilar oʻquvchilardan anʼanaviy oʻqishga qaytishini soʻramoqda, shu toʻgʻrimi?

Javob: Bugungi kunda onlayn maktab bahonasida ayrim ota-onalar tomonidan farzandini maktabga yubormaslik, farzandini masofadan dars qilishini taʼminlash oʻrniga, koʻchada yurishiga yoki boshqa ishlar bilan band qilish holatlari uchrayotganining guvohi boʻlyapmiz.

Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan, uyda bolaning maktabga borishiga toʻsqinlik qiluvchi jiddiy sabab, yaʼni kasallik holati mavjud boʻlmasa, maktabga yuborishlarini soʻrab qoladi.

Zero, bolaning zoye oʻtayotgan har bir kuni uning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi, bolaning maktabda taʼlim olish jarayonini hech qanday eng rivojlangan zamonaviy texnologiya ham oʻrnini bosolmaydi.

“Onlayn maktab” loyihasi anʼanaviy taʼlim toʻliq tiklangan holatda ham, doimiy ravishda oʻz faoliyatini davom ettiradi, ushbu loyiha bolaning darsdan tashqari qoʻshimcha sifatli taʼlim olishi uchun imkoniyat yaratadi.

Savol: Kundalik tizimiga toʻlov qilmoqchi edim, tizim toʻlov qabul qilmayapti?

Javob: Elektron obunasi uchun toʻlovni 30-noyabrdan eʼtiboran amalga oshirish mumkin. 23-noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlangan. Ota-onalarga oʻzlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini koʻra olayotganlarini tekshirishlari tavsiya etiladi.

Maʼlumot: hozirga qadar elektron Kundalik tizimida roʻyxatdan oʻtgan maktablar soni 1557 ta boʻlib, shundan 1482 ta maktab qogʻoz jurnal va kundalikdan butunlay voz kechgan.

Agar sizlarda elektron kundalikni qoʻllash boʻyicha savollar yuzaga kelsa, ularga javoblarni kompaniyaning qoʻllab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 888 82 82 raqamlar orqali murojaat qilgan holda olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?