Maktabgacha taʼlim vazirligi jurnalist va blogerlarni sohaga oid voqeliklarni yoritishda obyektiv boʻlishga chaqirdi

15:57 23 Sentyabr 2022 Jamiyat
449 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mavluda Asqarxoʻjayeva, Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan MTMlarda bolalar salomatligi yuzasidan sodir boʻlayotgan muammolar haqida bayonot berdi.

Maʼlum qilinishicha, avgust – sentyabr oylari davomida Respublikamizning turli viloyatlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning ich ketishi, koʻngil aynishi kabi holatlar bilan shifoxonaga yotqizilganligi kuzatildi.

Jumladan, Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi 39-sonli DMTTdan 8 nafar, Margʻilon tumani 16-sonli DMTTdan 8 nafar, Margʻilon shahar 24-sonli DMTTdan 4 nafar, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 16-sonli MMTdan 11 nafar, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan 32-son DMTTdan 5 nafar bola yuqumli kasalliklar boʻlimiga yotqizilgan.

Taʼkidlanishicha, diareyaga faqatgina ovqatlanish jarayoni emas, balki qoʻlni toza yuvmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilish ham sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, ich ketishi, isitma, koʻngil aynishi kabi holatlar faqatgina ovqatdan zaharlanish jarayonida kuzatilmaydi. Kuz mavsumi bakteriya va viruslarning faollashadigan fasli hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?