Maktabgacha taʼlim tashkilotlari karantin sababli yopiladimi?

Foto: OʻzA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinadi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Covid-19”pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar»ga qatʼiy rioya etiladi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bayram tadbirlari oʻtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʻnggi uch kunlik PZR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʻlishi lozim);
yigʻilishlar oʻtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish choralari koʻriladi;
mazkur cheklovning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring