Maktabdagi kabi texnikumlarning oʻqituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻtgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ular 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishi va kasbiy qiziqishi boʻyicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yoʻnaltiradi.
Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga oʻtib, maktabda oʻqish fikridan qaytgan yoshlar ham taʼlimni texnikumda davom ettirishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga oʻqitiladi.
“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning roʻzgʻori but boʻladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”, dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish boʻyicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning oʻqituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Shu bilan birga, texnikum direktori va oʻrinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam boʻlmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qoʻshimcha 20 foiz ustama toʻlanadi.
Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.
Har yili 500 nafar muallim ilgʻor xorijiy taʼlim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring