Maktab oshxonasi xodimlari qanday tibbiy-gigiyenik talablarga amal qilishi lozim?

11:49 04 Sentyabr 2022 Jamiyat
819 0

Foto: Arxiv surat

“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga koʻra, taʼlim muassasalari ovqatlanish oshxonalari xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtish va kasbiy gigiyenik tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi uchun oshxonada sharoitlar yaratilishi kerak.

Qoʻl yuvish uchun barcha ishlab chiqarish sexlarida issiq va sovuq suvlar oʻtkazilishi, ularni aralashtirish moslamasi boʻlgan chanoqlari oʻrnatilishi zarur.

Alohida sovun va shaxsiy yoki bir martalik sochiqlarni qoʻyadigan joy boʻlishi lozim. Ishlab chiqarish vannalarida qoʻllarni yuvish mumkin emas.

Ovqatlanish oshxonalarida xodimlar uchun moʻljallangan maxsus ish kiyimlarini markazlashgan holda yuvishni tashkil qilish kerak.

Shamollash yoki oshqozon-ichak kasalliklari bezovta qilganda, oʻz oilasida ichak infeksiyalari bilan xastalanish qayd etilgan barcha holatlarda, shuningdek, yiringli yaralar, kesilishlar, kuyishlar haqida ishchi maʼmuriyatni ogohlantirishi kerak va tibbiy yordam uchun murojaat qilishi lozim.

Ichak infeksiyalari, terining yiringlashi, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanish kasalliklari boʻlsa, biror joyi kuygan yoki kesilgan boʻlsa, vaqtincha ishga qoʻyilmaydi. Faqat tuzalganidan soʻng, tibbiy koʻrik va shifokor xulosasiga qarab ishlashiga ruxsat beriladi.

Oshxona birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun aptechka bilan taʼminlanishi zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер