Maktab oʻquvchilari uchun 605 milliard soʻmga darsliklar yangilanadi

Maktab darsliklarini yangilash uchun davlat tomonidan 600 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi. Bu 2022–2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan.
Maʼlumotlarga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida umumtaʼlim maktablari darsliklarini yangilash dasturini amalga oshirish uchun davlat tomonidan 605 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
Qayd etilishicha, 2026-yil oxirigacha Oʻzbekistonda 141 mingta yangi oʻquvchilar oʻrni yaratilib, ularning soni 1,2 millionga yetkaziladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga davlat tomonidan yordam koʻrsatish tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring