Maktab oʻquvchilari oʻrtasida onlayn Bebras olimpiadasi tashkil qilinadi

14:39 06 Yanvar 2024 Jamiyat
145 0

Foto: “Xalq soʻzi”

1-4-dekabr kunlari — Bebras musobaqasi onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Tayyorgarlik darajasidan qatʼiy nazar, barcha 4-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishga taklif etiladi. 

Bebras musobaqasi oʻquvchilarning  savodxonligi va ilmiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

Musobaqa oʻtkazilish jadvali:

4-sinflar, 1-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

5-6-sinflar, 2-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

7-8 sinflar, 3-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

9-10-11-sinflar, 4-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha.

Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

7-11-sinflar eng yuqori ballar olgan ishtirokchilar uchun ikkinchi bosqich 2024-yil yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan Yangi Oʻzbekiston Universitetida oflayn tarzda tashkil etiladi. Gʻoliblar uchun sovgʻalar mavjud.

Musobaqa oo.uzedu.uz tizimida oʻtkaziladi.

Natijalar 4-dekabr soat 22:00 dan keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar boʻlimida eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?