Maktab oʻqituvchilariga daftar tekshirganligi uchun haq toʻlanadi

11:20 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
247 0

Illustrativ foto

Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (920 ming soʻm) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi:

sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

— 15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz;

— 16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz;

— 21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz;

— 26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz;

— 31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz;

— daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz.

— informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?