Maktab direktori yaroqsiz qozonxonani 6 ming dollarga sotishga urindi

09:56 25 Noyabr 2020 Jamiyat
356 0

Qashqadaryo viloyatida 2 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi masʼullari firibgarlik sodir etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qarshi shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Koson tumanidagi 100-sonli maktab direktori oʻrinbosari N.O., fuqaro X.ning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali shu maktabga psixolog vazifasiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 1 200 AQSH dollari soʻrab, shundan, 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Shahrisabz tumandagi
7-sonli maktab direktori B.S. maktab balansida boʻlgan yaroqsiz qozonxona binosini balansdan chiqarib, firibgarlik yoʻli bilan fuqaro A.ga 6 000 AQSH dollariga sotishni rejalashtirib, yer uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga kelishilgan pulning 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?