Maktab darsliklarining ijarasi doimiy bepul boʻladi

19:59 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
548 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bogʻliq keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan dolzarb masalalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida atroflicha maʼlumot berib oʻtildi.

Qizgʻin va turli mavzularga boy boʻlgan anjuman davomida jurnalistlarning xalq taʼlimi tizimi, jumladan, maktab darsliklarini chop etish, ularning ijarasi, elektron kundalik tizimi va boshqa muhim savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Taʼkidlanganidek, endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan topshiriq olingan.

Tadbir davomida taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va malakasini oshirishga doir qator muhim masalalar yuzasidan ishtirokchilar savollariga javob berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?