Makron Fransiya koronavirus ustidan gʻalaba qozonganini eʼlon qildi

Fransiya Prezident Emmanyuel Makron mamlakat xalqiga qilgan navbatdagi murojaatida Fransiya koronavirus epidemiyasi ustidan gʻalaba qozonganini maʼlum qilgan. Bu haqda mahalliy “Le Parisien” nashri xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, Mayotta hamda Gvianadan tashqari 15-iyundan boshlab mamlakatning barcha hududi “yashil”, yaʼni koronavirusdan xoli deya eʼlon qilingan.
Restoran, kafe, barlar oʻz faoliyatini qayta tiklaydi, davlat chegaralari ham ochiladi.
Maktablarda anʼanaviy taʼlim jarayoni esa 22-iyundan boshlanadi.
“Ammo bu virus yoʻqolganini anglatmaydi. Biz u bilan uzoq vaqt yashashga majburmiz. Epidemiyaga qarshi kurash hali tugagani yoʻq. Ammo men virus ustidan birinchi gʻalabani qoʻlga kiritganimizdan mamnunman”, degan prezident.
Davlat rahbarining taʼkidlashicha, hozirgi kunda asosiy vazifa mamlakat iqtisodiyotini tiklashga qaratiladi.
Tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, Fransiyada koronavirus infeksiyasi 152 460 kishi yuqtirib olgan va shundan 29 335 nafari hayotdan koʻz yumgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring