Makkadagi Al-Harom masjidida namozxonlarga qoʻyilgan ijtimoiy masofa bekor qilindi

08:21 18 Oktyabr 2021 Dunyo
705 0

Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Al-Harom masjidida 17-oktabr, yakshanba kuni pandemiya boshidan buyon birinchi marta ijtimoiy masofa choralariga rioya qilmagan holda namoz oʻqildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Al-Harom ishchilari toʻla-toʻkis ibodatlarni qayta tiklash haqidagi qarorga muvofiq, masjid polida ijtimoiy masofa saqlashga yordam beradigan maxsus stikerlarni olib tashlagan.

Matbuotda tarqalgan video va fototasvirlarga qaraganda, 17-oktabr kuni masjid namoz oʻquvchilar bilan maksimal darajada toʻlgan. Saudiya OAVlari qayd etishicha, endi choralar bekor qilinganidan keyin Makka Umra safari uchun keladigan chet elliklarni qabul qiladi.

Shu bilan birga, OAVlar Saudiya Arabistoni hukumatiga tayanib taʼkidlashicha, masjidga keluvchilar COVID-19 ga qarshi toʻliq emlangan boʻlishi va uning hududida niqob taqishi shart. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun Kaʼbaga kirish hamon cheklangan holda qolmoqda.

Saudiya Arabistoni soʻnggi oylarda asta-sekinlik bilan normal hayotga qaytmoqda. 1-avgustdan qirollik koronavirusga qarshi toʻliq emlangan sayyohlarni qabul qila boshladi. Shuningdek, 17-oktabrdan emlangan sport muxlislari mamlakatning barcha oʻyingohlarida va boshqa sport obyektlarida sport tadbirlariga kirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?