Haj ziyoratiga faqat Saudiya Arabistonida yashovchilar uchun ruxsat berildi

16:22 29 Iyul 2020 Dunyo
513 0

Muqaddas Makka shahrida kam sondagi musulmonlarning haj ziyorati boshlandi, chunki Saudiya Arabistoni ziyorat paytida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun shunday qarorga keldi.

Har yil taxminan 2,5 million kishi haj uchun Saudiya Arabistoniga kelar edi. Bu safar esa atigi 10 ming kishi – Saudiya Arabistoni yashovchilarining haj qilishiga ruxsat berildi. Bunday cheklovga koronavirus sabab boʻldi: mamlakatda ushbu infeksiyani yuqtirganlar soni 270 mingdan oshib ketdi va hukumat kasallik tarqalishining oldini olishga urinyapti.

“Ziyorat asnosida xavfsizlik bilan bogʻliq muammo yoʻq, biroq ziyoratchilarni pandemiya xavfidan asrash zarur”, – deydi ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha direktor Xolid ibn Qaror al-Harbiy.

Ziyoratchilar avvaldan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi. Ular haj amallarini ado etish paytida himoya niqobi taqib yurishlariga va ijtimoiy masofani saqlashlariga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?