Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimi soddalashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Joriy yilning 20 sentyabr kuni Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, unga har tomonlama keng imkoniyatlar yaratish va bu yo‘nalishda investisiyalarni jalb etishga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda.

Mazkur Qonun bilan “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari tugatilgach, ularning vazifalari maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda yagona direksiyalarga yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar hududida investisiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinmoqda. Loyihalarning ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi belgilanmoqda.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga, investisiyalar jalb qilish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga, investisiya loyihalarini jadal amalga oshirishni ta’minlashga, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring