Maxkamov Anvar Muxamatxonovich Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Foto: Arxiv surat
Anvar Muxamatxonovich 1982-yilda Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2003-yil Namangan muhandislik-texnologiya institutini, 2005-yil Namangan muhandislik-texnologiya instituti (magistraturani) tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-injener.
Anvar Maxkamov mehnat faoliyatini Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy boʻlim muhandisiligidan boshlagan. 2006-2022-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti aspiranti, markaz muhandisi, xalqaro aloqalar boʻlimi muhandisi, mashina va jihozlar kafedrasi assistenti, Portugaliyaning Porto Universiteti doktoranti (PhD), taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi asosida amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring