MakGregorning ustozi shogirdi qaytganidan keyin kim bilan jang qilishini istayotganini maʼlum qildi

23:54 07 Dekabr 2021 Sport
1514 0

Foto: AP

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor MakGregorning murabbiyi Jon Kavana sportchi qaytganidan keyin ilk jangda unga kim raqib boʻlishini istayotganini maʼlum qildi.Unga koʻra, Konorning AQSHlik Neyt Diasga qarshi uchinchi jangi jozibali boʻladi. 

“Bu jang meni qoʻrquvga soladi. Bu yigit (Neyt Dias) faqat oldinga intiladi. U uch yoki besh raund jang qilishi mumkin. Shuning uchun bu juda qiziq”, deydi Kavana. 

Shuningdek, murabbiy Konor MakGregor va AQSHlik Toni Fergyuson oʻrtasidagi duel ham qiziq boʻlishini taʼkidladi.MakGregor UFC doirasidagi Dastin Poryega qarshi jangda oyogʻini sindirib olgan edi. Hozir irlandiyalik sportchi jarohatini tiklanishda davom etmoqda. Uning 2022-yil bahorida yana sportga qaytishi kutilmoqda. 

Bungacha MakGregor bilan jang qilish istagini Maykl Chandler, Maks Xollouey va Xamzat Chimayev bildirgan edi. MakGregor Diasga qarshi ikki marta jang qilgan. Amerikalik sportchi UFCda birinchi boʻlib Konorni magʻlub etgan jangchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?