Maydonda yuragi toʻxtab qolgan Kristian Eriksen yana Premer-ligaga qaytishi mumkin
Foto: Reuters
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen faoliyatini yana Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “The Times” nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, yarim himoyachiga Angliyaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Eriksenga Yevropa boshqa ligalaridan ham takliflar bor. Lekin u oʻz faoliyatini Premer-ligada davom ettirishga intilyapti. Kristian Eriksen 2013-2020-yillarda Angliyaning «Tottenxem» jamoasi sharafini himoya qilgan.
2021-yilning 12-iyun kuni 29 yoshli futbolchi Yevropa chempionati doirasidagi Daniya va Finlyandiya oʻyinida hushini yoʻqotib, maydonga yiqilgandi. Oʻsha paytda futbolchining yuragi toʻxtab qolgan. Jamoa sardori Saymon Kyayer unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatdi. Keyin Daniya jamoasi shifokorlari va navbatchi reanimatsiya guruhi unga tibbiy yordam koʻrsatdi va futbolchi shifoxonaga olib ketiladi. Kasalxonada Eriksenga kardiostimulyator qoʻyilgani maʼlum boʻldi.
Eriksen oʻsha paytda Milanning «Inter» klubi futbolchisi edi. Ammo Italiya qoidalariga koʻra kardiostimulyator bilan u professional ligada futbol oʻynay olmaydi. Natijada shartnoma bekor qilindi.
Ayni paytda futbolchi Daniyaning «Odense» jamoasida mashgʻulot oʻtkazib kelmoqda. Eriksen avvalroq Qatarda boʻlib oʻtadigan JCH-2022da oʻynashni rejalashtirayotganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring