Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi

Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Prezident tomonidan imzolandi.
Jinoyat kodeksiga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum og‘ir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi), o‘ta og‘ir jinoyati uchun esa to‘rtdan uch qismini (ilgari uchdan ikki qismi edi) o‘taganidan keyin qo‘llanilishiga oid o‘zgartish kiritildi.
Mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish esa tegishli og‘ir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) o‘taganidan keyin qo‘llaniladi.
Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qo‘yildi.
Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar to‘g‘risida taqdimnoma kiritiladi:
manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga o‘tkazish to‘g‘risida;
manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.
Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo‘llanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring