Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga oʻtkazish sud tomonidan hal etiladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ–825-son, 23.03.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Jinoyat kodeksiga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum ogʻir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi), oʻta ogʻir jinoyati uchun esa toʻrtdan uch qismini (ilgari uchdan ikki qismi edi) oʻtaganidan keyin qoʻllanilishiga oid oʻzgartish kiritildi.
Mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish esa tegishli ogʻir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) oʻtaganidan keyin qoʻllaniladi.
Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qoʻyildi.
Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi:
— manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida;
— manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.
Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring