Mahkumlar qanday masalalarda murojaat qilishmoqda?

09:24 27 Avgust 2022 Jamiyat
273 0

2022-yilning 17-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasi va 2-3-sonli jazoni ijro etish muassasalarida sayyor qabullar tashkil etdi.

Sayyor qabulda 20 nafar mahkum va mahbuslar murojaat qilgan boʻlsa, shundan 8 tasi mintaqaviy vakil tomonidan nazoratga olindi. Jumladan, 2 nafar mahbus sud jarayonlarida Ombudsman mintaqaviy vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini soʻrab murojaat qilishdi.

Qolgan murojaatlari boʻyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Eslatib oʻtamiz, “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan, Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqmaydi.

Shu kunning oʻzida “Ombudsman qutisi” orqali mintaqaviy vakilga yuborilgan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning belgilangan qismini oʻtab boʻlgan mahkumlarga insonparvarlik dalolatnomasini qoʻllash boʻyicha murojaatlar jazoni ijro etish muassasa rahbarlari bilan birgalikda koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?