Mahallaning nurab, toʻkilib borayotgan binosi...

Foto: “Xalq so‘zi”
Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumaniga qarashli “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini eski masjid binosida faoliyat koʻrsatadi. Atigi ikki xonadan iborat bu binoda ishlash uchun shart-sharoit yoʻq. Eskirib ketgan mebellar, choʻkkan pol, zax hidi anqib turgan sovuq xonalardagi ahvol bu yerga kirgan har qanday odamning taʼbini xira qiladi.
Bugungi qish-qirovli kunlarda tabiiy gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilgani sababli mahalla raisi, shu yerda yangi ish boshlagan hokim yordamchisi Abduvahob Tavakalov, Yoshlar ishlari agentligining mahalladagi vakili Ravshanbek Nasriddinov qoʻlbola pechka yordamida isinib oʻtiribdi.
— Qoʻshtepa tumani hokimiga qilgan yozma murojaatlarimizga koʻra idoramiz uchun yangi bino qurilishini vaʼda berishgan edi,-deydi “Boʻston” MFY raisi Begali Oripov. — Davlat-xususiy sheriklik asosida yangi bino qurmoqchi boʻlgan tadbirkor bizni bir yil aldadi. Ikkinchi tashabbuskor ham hali ishga kirishmay turib, fikridan qaytdi. Yangi yordamchilarim bilan maslahatlashib, joriy yilda quriladigan binoning bir qismiga bankdan mening nomimga imtiyozli kredit olib, qolganini hashar yoʻli bilan barpo etishni rejalashtiryapmiz.
Maʼlumot uchun. Mahalladagi qariyb 800 ta oilada 2700 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning 600 nafarga yaqini ayni navqiron yoshdagi yigit-qizlardir.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
- Dardoqdan chiqqan qahramon
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring