Mahallam – ota-onam

Men yolgʻiz onaman. Samarqand shahridagi “Bogʻdod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qilaman. Uch farzandim bor. Ikkinchi farzandim nogironligi sababli hech qayerda ishlay olmayman. Yosh bolalarim bilan yolgʻiz qolib ketganimdan juda tushkunlikka tushgan edim. Shukrki, yurtimizda inson va uning qadrini ulugʻlash yoʻlida olib borilayotgan xalqparvar siyosat sabab bu tushkunliklarni yengdim, men va farzandlarim jamiyatdan chetda qolib ketmaganimizni his qilib yashamoqdamiz.
Bugun mening otam ham, onam ham mahalla boʻlib qolgan. Mahallamiz raisi va faollari, 5-sonli oilaviy poliklinikamizning shifokor va hamshiralari oʻz vazifasiga vijdonan, masʼuliyat bilan qaraydigan insonlar. Ular har doim oilamdan, nogiron farzandimning holidan boxabar boʻlib turishadi. Ikkinchi farzandimga nogironlik nafaqasi va 2 yoshga toʻlmagan kichigimga bola puli olaman. Katta oʻgʻlim uyimizga yaqin joydagi 53-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga boradi. Mening oilaviy sharoitimni inobatga olib, farzandim uchun toʻlanadigan bogʻcha pulidan ham ozod kilishgan.
Yaqinda Yangi yil bayrami arafasida menday ehtiyojmandlarga Prezidentimizning 800 ming soʻmdan pul mukofoti va iliq tabriklarini yetkazishdi. Bundan tashqari yaxshilardan keladigan ehsonmi, saxovatpeshalarning yordamlarimi, albatta, mening oilamga ham ilinadilar. Bizga va mahallamizdagi boshqa ehtiyojmand oilalarga qilinayotgan bunday yaxshiliklarni koʻrib ruhlanaman.
Har bir rahbar yoki xodim oʻziga ishonib topshirilgan vazifani ana shunday masʼuliyat bilan, Prezidentimiz va yurtdoshlarimiz oldida vijdonan, halol bajarsa, xalqimizni rozi qilgan boʻladi.
Istardimki, yurtimizda shunday mahallalar, ezgu ishlar koʻpayaversin.
Malohat MULLAJONOVA,
Samarqand shahri, “Bogʻdod” MFY.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring