Mahallalarda zamonaviy fitnes koʻchalari barpo etiladi

17:54 09 Noyabr 2021 Siyosat
529 0

Davlatimiz rahbari yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda eng muhim omil sogʻlom turmush tarziga amal qilish ekaniga alohida eʼtibor qaratdi.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda har yili eng namunali mahallalar tanlab olinib, ularda zamonaviy fitnes koʻchalarini barpo etish uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.

Viloyat hokimlariga ikkitadan, tuman va shahar hokimlariga bittadan namunali mahallada shunday ishlarni tashkil qilish topshirildi.

“Sogʻlom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetdi, ularga piyoda yurgani uchun 18 milliard soʻm toʻlab berildi. 

Moliya vazirligiga kelgusi yilda bu boradagi targʻibot ishlarini kuchaytirish va platformadan foydalanuvchilar koʻlamini yanada kengaytirishga qoʻshimcha 60 milliard soʻm ajratishga koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?