Mahallada hokim yordamchisi «Agromarkaz» ochdi

20:47 26 Iyul 2022 Jamiyat
482 0

Foto: Xalq so‘zi

Qashqadaryo viloyati markazidagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yigʻini hududida «Agromarkaz» faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ushbu markazda aholiga tomorqa ekinlarini zararkunandalardan asrash, chorva mollari turli kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek, tomorqa va manzarali daraxtlar landshaft dizaynini yaratishda koʻmaklashish, urugʻ va koʻchatlar yetkazish, laboratoriya hamda onlayn maslahatlar berish kabi xizmatlar koʻrsatiladi.

—  Markazimiz 3 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga barpo qilindi,- deydi «Arabxona MFY hokim yordamchisi, yosh tadbirkor Davron Abdirahmonov. — 2 mlrd. soʻm bank krediti, 1 mlrd. soʻm oʻz mablagʻim hisobidan qurilgan bu «Agromarkaz»da 8 nafar kishi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.

Kelgusida «Agromarkaz»da aholidan meva-sabzavotlarni qabul qilish, qadoqlash, saqlash, hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish kabi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.

 

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?