Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

18:39 02 Dekabr 2021 Siyosat
764 0

Arxiv surat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi faoliyatini tashkil etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Hokim yordamchilari 1-yanvardan barcha mahallalarda faoliyatini boshlaydi. Ularning ishini samarali tashkil etish maqsadida:

— bir yil davomida doimiy faoliyat yuritadigan “Mahallabay ishlash shtabi” tuziladi;

— har bir tuman va shaharga vazirlik, markaziy idoralar va banklardan 1-3 nafardan masʼul xodim biriktiriladi. Ular 1 yilga tumanga xizmat safariga yuboriladi va ish joyi, oylik ish haqi saqlab qolinadi.

— oʻzini yaxshi koʻrsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari mukofotlanadi, yil natijalari boʻyicha esa “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoniga tavsiya qilinadi;

— ularga ipoteka asosida kvartira olishda 50 foizgacha subsidiya ajratiladi;

— Bosh vazir qabulxonalari va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi negizida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi.

“Ushbu tizimni samarali yoʻlga qoʻyishga barcha hudud va sektor rahbarlari masʼul”, dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.

Keskin tanqidiy ruhda oʻtayotgan yigʻilishda ayni paytda tegishli soha va hududlar rahbarlari axborot berdi.

Oldinroq, 2022-yilda 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi va ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kamligi haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, endilikda ipoteka kreditini olishda qarindosh boʻlmagan fuqarolarning kafil boʻlishiga ruxsat beriladigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?