“Mahalla raisi boʻlish bu — juda katta masʼuliyat” — Prezident

16:55 07 Iyun 2022 Siyosat
555 0

Davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yigʻilishida Prezidentimiz oʻtgan ikki hafta davomida respublikaning barcha mahallalarida saylov oʻtkazilib, 9 ming 349 nafar mahalla raislari saylangani taʼkidlab oʻtdi.

"Ushbu oqsoqollarni xalqimiz, birinchi galda, mahalla aholisi oʻziga munosib koʻrib, ishonch bildirgani bilan tabriklayman. Bir narsani aniq tushunish lozim. Mahalla raisi boʻlish bu – juda katta masʼuliyat.

Mahalla raislari xalqimizni rozi qilishda, islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari boshini qovushtirib, xonadonbay muammolarni oʻrganib, hokimlar oldiga aniq masalalar qoʻyib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga masʼul va javobgar boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.

Bugun xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻyilgan aniq masalalar ham eng avvalo mahalladan boshlanishi, bir soʻz bilan aytganda, mahalla xizmatlar va servis markaziga aylanishi shartligi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida hududlar rahbarlari va mutasaddilar axborot berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?