«Mahalla iftixori» munosib egalariga topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona shahridagi «Afrosiyob» tantanalar majmuasida 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini yurtimizning qoʻshaloq bayramlari bilan samimiy muborakbod etdi.
Taʼkidlab oʻtilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli hayotbaxsh islohotlar jarayonida mahalla tizimi xodimlarining ham munosib oʻrni bor. Ayni paytda viloyatda 1 ming 62 ta MFY faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, har bir mahallada xalqimizga xos milliy qadriyat va anʼanalarni keng targʻib etish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda ushbu soha vakillari faollik koʻrsatib kelmoqdalar.
Bayram tadbirida soha xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Farmoniga koʻra taqdirlangan 4 nafar fargʻonalik nomi tantanali ravishda eʼlon qilindi.
— Uzoq yillik mehnat faoliyatim davomida mahalla instituti rivojiga oʻz hissamni qoʻshishga harakat qildim, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi Akramjon Yulbarsov. — Kamtarona faoliyatim «Doʻstlik» ordeniga munosib koʻrilgani menga oʻzgacha gʻurur va iftixor baxsh etdi.
Shuningdek, tadbirda bir guruh faollarga «Mahalla iftixori» koʻkrak nishonlari topshirildi.
Sanʼat ustalari, yosh isteʼdodlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring