Magistraturaga oʻqishga kirish istagini bildirganlar chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari dekabr oyining birinchi yarmida boʻlib oʻtadi

Foto: Illustrativ surat
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun talabgorlar chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari lozim.
Hozirda Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari har oyda 2 marotaba tashkil etilmoqda.
Ayni vaqtda noyabr oyida boʻlib oʻtadigan imtihonlar uchun talabgorlarni roʻyxatga olish yakunlangan boʻlib, dekabr oyi uchun roʻyxatga olish davom etmoqda.
OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Bunda dekabr oyining birinchi yarmida boʻlib oʻtadigan test sinovlari uchun talabgorlarni roʻyxatga olish 29-noyabrga qadar, ikkinchi yarmi uchun 5-dekabrga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring