Magistratura talabalariga toʻlov shartnoma pullari oshirilmagan — vazirlik

Foto: Illustrativ surat
Ijtimoiy tarmoqlarda 2-bosqich magistratura talabalari tomonidan bu yilgi oʻquv jarayoni uchun amalga oshiriladigan toʻlov shartnoma pullari borasida tushunmovchiliklarga asoslangan xabarlar tarqalmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi holatni quyidagicha izohlaydi.
Prezidentimizning 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son va 2022-yil 15-iyundagi PQ–279-son qarorlarida davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinganlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi koʻrsatilgan.
Ularga koʻra, magistratura (klinik ordinatura)ga oʻtgan oʻquv yilida qoʻshimcha qabul qilingan talabalar belgilangan toʻlov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida ham shu miqdorda toʻlashlari lozim.
Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi toʻlov miqdori notoʻgʻri, yaʼni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bu toʻlov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.
Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan toʻlovlar borasida savol tugʻilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz, deyiladi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring