Magic City'da 20 yoshli fotosuratchi hamkasbini pichoqlab qoʻydi

15:05 11 Avgust 2022 Jamiyat
303 0

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Joriy yilning 6-avgust kuni kechqurun Magic City istirohat bogʻida faoliyat yuritayotgan ikki fotosuratchi oʻrtasida janjal yuz bergan. Natijada Qashqadaryo viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit 25 yoshli hamkasbiga oʻtkir tigʻli oshxona pichogʻi bilan jarohat yetkazgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Ichki ishlar organi xodimlariga bezori fotosuratchi tomonidan qattiq qarshilik koʻrsatilgan. Shundan soʻng, xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yordamga chaqirgan va fuqaro qoʻlga olingan.

Jarohatlangan fuqaroga tibbiy yordam koʻrsatilgan va hozirda uning salomatligi qoniqarli.

Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari boʻyicha jazo turi qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?