Madinabonu Mannopova Osiyo chempionatida kumush, «Beirut Open»da esa oltin medalni qoʻlga kiritdi

17:29 24 Iyun 2021 Sport
1032 0

Oʻzbekistonlik taekvondochi Madinabonu Mannopova Livanda oʻtgan Osiyo chempionatida kumush, «Beirut Open»da esa oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

«Bu Osiyo chempionati va ”Beirut Open" musobaqalariga jamoamiz aʼzolari, murabbiylar va shaxsiy murabbiyim Sobir Nazaraliyev bilan juda ham yaxshi tayyorlandik. Raqibalarim haqida maʼlumotlarga ega edim. Osiyo chempionatida yarim finalda koreyalik sobiq Osiyo chempionini yutdim. Finalda vetnamlik raqibamga 23:25 hisobida imkoniyatni boy berdim. Oltin medal nasib qilmagan ekan. Hammasi uchun Yaratganga shukur.

“Beirut Open“ musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdim va muhim reyting ballarga ega boʻldim. ”Beirut Open” ham Osiyo chempionatidek kuchli va oʻxshash musobaqa boʻldi. Sababi deyarli oʻsha raqibalarga qarshi dayanga chiqdim.

Keyingi musobaqalarga yana-da yaxshiroq tayyorlanishni va xatolarim ustida ishlashni boshlayman», deydi Madinabonu Mannopova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?