“Made in Uzbekistan” belgisi ostidagi toʻqimachilik mahsulotlari 75 dan ortiq davlatga 3 milliard dollardan ortiq hajmda eksport qilinmoqda

Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻztoʻqimachiliksanoati» uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qoʻchqorova maʼlum qildi.
Qayd etishicha, davlat rahbari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga GSP+ imtiyozlari doirasida mahsulot eksportini kengaytirish va toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 2023-yilga kelib 5 mlrd. dollarga yetkazish boʻyicha vazifa bergan.
Natijalarga erishish uchun Germaniyaning GIZ xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik doirasida Germaniya grantlari hisobidan paxta va toʻqimachilik tarmoqlarini barqaror rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi.
GIZ loyihasi doirasida Gersi konsalting kompaniyasi koʻmagida Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati boʻyicha mustaqil hisobot tayyorlandi va GIZ veb-saytida eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring