Loyi Jirgʻa 400 nafar Tolibon aʼzosini qamoqdan ozod etishga qaror qildi

20:27 09 Avgust 2020 Dunyo
640 0

Bugun Kobulda Afgʻoniston xalq vakillari milliy majlisi (Loyi Jirgʻa) 400 nafar mahbus — Tolibon aʼzolarini ozod qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

«Jirgʻa tinchlik muzokaralari boshlanishi yoʻlidagi toʻsiqliklarni bartaraf etish, qon toʻkilishini toʻxtatish va maqsadga muvofiqlikni taʼminlash uchun Tolibonning 400 nafar mahbus aʼzosining ozod qilinishini maʼqullaydi», deya qaror matnidan iqtibos keltirgan “Tolo News” telekanali.

“Tolo News” manbalarining taʼkidlashicha, hujjatning yakuniy matni biroz tuzatishlar bilan yaqin orada eʼlon qilinadi.

Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar berishicha, Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani Loyi Jirgʻa qatnashchilariga yakshanba kuni yakuniga qadar qamoqda saqlanayotgan 400 nafar mahbusni ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzolashini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?