Lodz shahrida Oʻzbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari muzokaralari boʻlib oʻtdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2022-yil 1-dekabr kuni Polshaning Lodz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares Bueno oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Muloqotda Oʻzbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Oʻzbekiston-Ispaniya koʻp qirrali hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Ispaniyani Yevropadagi ishonchli va istiqbolli hamkor deb biladi va rasmiy Madridning yaqin kelajakda Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishlaydi.
Tomonlar joriy yilning mart oyida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundining samarali natijalarini qayd etib, ushbu shakldagi muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar koʻrsatkichlarini oshirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni faollashtirish, qoʻshma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimiz bozori imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida Ispaniyaning yetakchi kompaniyalarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan aniq takliflar koʻrib chiqildi.
Vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring