Lionel Messining qachon “PSJ” tarkibida debyut qilishi maʼlum boʻldi

00:46 24 Avgust 2021 Sport
1458 0

Foto: Instagram

Joriy yilning 29-avgust kuni Lionel Messi “PSJ” tarkibida ilk rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda "LʼEquipe" xabar bermoqda.

Shu kuni jamoa Fransiya chempionatining 4-turi doirasida “Reyms”ga qarshi bahs olib boradi. 

Messi 23-avgust kuni Barselonadan qaytib kelgach, “PSJ” bilan mashgʻulotlarni boshlaydi.

10-avgust kuni “PSJ” klubi Lionel Messi bilan shartnoma imzolanganini rasman eʼlon qildi. Shartnoma 2023-yilgacha amal qiladi.

Messi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada debyutini 2004-yilda oʻtkazgan.  Kataloniya klubi bilan u 35 ta sovrinni qoʻlga kiritdi. Hujumchi olti marta “Oltin toʻp” sohibi bo‘lgan. Oʻtgan mavsumda u Ispaniya chempionatida 35 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 30 ta gol kiritgan edi.

2019/20 yilgi mavsum yakunida Messi “Barselona”ni tark etish istagini bildiradi. Ammo jamoa unga 700 million yevro miqdorida tovon puli toʻlasagina qoʻyib yuborilishini maʼlum qiladi. Shu bois futbolchi yana bir mavsum Kataloniyada qolishga majbur boʻladi. Joriy yil yozida Messining “Barselona” bilan shartnomasi oʻz nihoyasiga yetdi va u erkin agent sifatida “PSJ” safiga kelib qoʻshildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?