Limonchilikda dashtliklar tajribasi

Foto: "Xalq so'zi"
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani “Dasht” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi keyingi yillarda tomorqada issiqxona tashkil etib, limon yetishtirish borasida oʻziga xos tajriba maktabini yaratmoqda. Ayni paytda mahallada mingdan ortiq xonadonning qariyb 600 tasida issiqxona mavjud boʻlib, ularda limon parvarishlanyapti. Tomorqa yerlarida dehqonchilik qilish noqulay, sugʻorish tizimida muammolar boʻlishiga qaramay, mahalla ahli limondan katta hosil olishga erishmoqda.
– Ichki ishlar sohasida ishlab, nafaqaga chiqqanimdan soʻng tomorqamizda issiqxona tashkil etdim,– deydi shu mahallada yashovchi Hasanboy Ergashev. – Bir sotix maydonda toʻla hosilga kirgan limondan yiliga 1,5 tonnagacha hosil olish mumkin. Shu yilning oʻzida 3 sotix maydondagi limondan deyarli 70 million soʻm daromad oldim.
Kuni kecha mahallaga tashrif buyurgan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov aholini qiynab kelayotgan sugʻorish tizimini yaxshilash uchun 4 ta yangi suv qudugʻi qazib berilishini taʼkidlab, burgʻulash xarajatlari uchun davlat tomonidan subsidiya mablagʻlari ajratilishini maʼlum qildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring