Lavozimlarni oʻzim borib talab qilib olmaganman – Aziz Abduhakimov maoshi haqida gapirdi

15:39 25 May 2021 Jamiyat
1385 0

Toshkent besh tashabbus harakati doirasida yoshlarning hukumat vakillari bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Tadbirning soʻnggi, beshinchi kunida Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Harakat ishtirokchilari bilan suhbat oʻtkazmoqda. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA  xabar berdi.

Muloqot davomida turizm va sport vaziri bir shaxsning bir necha lavozimlarda ishlashi qanchalik toʻgʻri ekani haqidagi savolga javob qaytararkan, oʻzi egallab turgan lavozimlarni soʻrab olmaganini bildirdi.

«Lavozimlarni oʻzim borib talab qilib olmaganman. Ochigʻi, menga bir yoʻnalishda ish boʻlsa, osonroq boʻlardi, albatta. Lekin ular mantiqan bir-biriga bogʻlangan. Bularning barchasi turizmga oid va bularni oʻzim bajarar edim. 

Yana bir narcha koʻpchilikni juda qiziqtiradi, bu shuncha joyda ishlab, hammasidan oylik oladi, shuncha pulni qayerga ishlatadi degan savol tugʻilishi mumkin. Lekin men faqat Bosh vazir oʻrinbosari sifatida oylik olaman. Bu lavozimlarning hammasi mantiqiy bogʻlangan va ular bilan bogʻliq masalalarni tezroq yechishda menga shaxsiy masʼuliyat yuklangani sababli yuzaga kelgan holat. Vaqt soati bilan har bir lavozim oʻz egasini topadi»,  dedi Aziz Abduhakimov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?