Latviyada oʻtkazilgan saylovning natijalari eʼlon qilindi

17:35 04 Oktyabr 2022 Dunyo
679 0

Foto: Arxiv surat

Latviya parlamentiga 1-oktyabrda oʻtkazilgan saylovlarning natijalari eʼlon qilindi. Unga koʻra amaldagi Bosh Vazir Krishyanis Karinshaning “Yangi birlik” partiyasi 18,97% ovoz bilan gʻalaba qozongan. “Yangi birlik” partiyasi 26 oʻrinni egallagan. “Yashillar va fermerlar” ittifoqi 16 oʻrinni egallab, 2018-yilgi saylov natijalariga koʻra yaxshi natija koʻrsatdi.

2018-yilgi saylovda 23 oʻrin egallagan “Kelishuv” partiyasi bu galgi saylovda birorta ham oʻrin egallay olmadi.

Krishyanis Karinshaning partiyasi “Yangi birlik” (26 mandat) “Birlashgan roʻyxat” (15 mandat) va Milliy birlik (13 mandat) bilan koalitsiyaga kirishishi kutilmoqda.

Kecha saylov natijalariga koʻra Seymda oʻrin egallagan partiya vakillari Latviya prezidenti Egil Levist bilan uchrashdi. Koalitsiya tuzish va hukumatni shakllantirish esa Seym vakillari orasida kelasi hafta muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?