“Lacetti” olib berishni vaʼda savdo agentining kirdikorlari fosh boʻldi

10:21 04 Avgust 2021 Jamiyat
321 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.” avtosaloni savdo agenti Sh.T. fuqaro N.ga “Lacetti L-Elegant/At Plus” avtomashinasini olib berish uchun goʻyoki “V.” MCHJ tomonidan toʻlov qabul qilinganligi haqida kvitansiya hamda oldi-sotdi shartnomasini taqdim qilib, evaziga uning 12 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv davomida Sh.T. tomonidan oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlib 3 900 AQSH dollarini qaytargan holati protsessual tartibda rasmiylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?