Kuzgi mavsumda respublika boʻyicha 76 mln 403 ming dona koʻchat ekildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Abdurashid Sodiqov maʼlum qildi.
Fermer xoʻjaliklari va ihota daraxtzorlarida 30,0 mln, mahallalar va boshqa aholi punktlari hududlarida 19,5 mln, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarida 8,2 mln, obodonlashtirish obyektlarida 9 mln, ijtimoiy soha obyektlarida 6,9 mln hamda avtomobil yoʻllari yoqalarida 2,8 mln tup koʻchatlar ekilib, yoʻl boʻylari obodonlashtirildi.
Sanoat va ishlab chiqarish obyektlari atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha ham jadal ishlar olib borildi.
Ekilgan koʻchatlarining sugʻorish tizimi holati yuzasidan olib borilgan oʻrganishlarda bu borada qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Shu bois suvsiz va choʻl hududlarda koʻchatlarning sugʻorish tizimlarini yangicha usullarda kam suv talab etadigan innovatsion yechimlar orqali hal etishga eʼtibor qaratilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring