Kuzatuvchi emas, ishtirokchi bo‘lish muhim

16:59 05 Oktyabr 2021 Jamiyat
587 0

Xasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”

Inson huquq va manfaatlari himoyasi — eng muhim masalalardan biri. Bu borada yurtimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlarda sektorlar, jumladan, 2-sektor masʼullari ham faol qatnashmoqda. Zero, bugungi islohotlarning kuzatuvchisi emas, balki ishtirokchisi bo‘lish muhimdir.

Birgina Sardoba tumani ikkinchi sektorda 3644 ta oila mavjud. Xatlov natijasiga ko‘ra, 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 1877 xotin-qizlardan 430 tasi “ayollar daftari”ga kiritildi va ushbu xotin-qizlar 9 ta toifaga bo‘lindi.

Mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida daftarga kiritilgan barcha ayollar, shundan 132 nafari ishga joylashtirildi, 98 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 59 nafariga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi, 30 nafariga tomorqa yer maydonlari berish orqali bandligi taʼminlandi.

56 nafar boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, uy-joyi taʼmirga muhtoj, noturar joylarda istiqomat qilayotgan va qaromog‘ida nogironligi mavjud ayollarga 39,2 mln. so‘m pul mablag‘lari berildi, 8 nafariga tibbiy va 26 nafariga huquqiy yordam hamda 21 nafariga psixologik yordam berildi. Shu orqali ular “ayollar daftari”dan chiqarildi.

Misol uchun, sektor hududidagi “Yangiqishloq” MFYda yashovchi O.Soatovaga tegishli 0,06 ga. yer maydoniga 2 xonali uy-joy qurib berildi hamda B.Ernazarovaning uy-joyi to‘liq taʼmirlab berildi.

Shuningdek, sektor rahbarining amaliy yordami bilan ushbu mahallada yashovchi B.Xonkelovaga bankdan 20 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilib, 25 o‘rinli “Ruxshona” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi. Bu esa 5 nafar fuqaro bandligi taʼminlandi.

Shu bilan birga, “yoshlar daftari”ga kiritilgan 512 nafar yosh bilan olib borilgan ishlar natijasi bo‘yicha 511 nafari daftardan chiqarildi.

Jumladan, ikki nafariga 4 mln. so‘mlik subsidiya asosida mehnat qurollari berildi, 67 nafariga 1,8 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit,

317 nafariga 0,5 gektarda yer maydoni ajratib berildi. Ikki nafari usta- hunarmandlarga biriktirildi, 4 nafar yoshning qonuniy migratsiya orqali bandligi taʼminlandi, 118 nafari buyruq asosida doimiy ishga joylashtirildi hamda uy-joyga muhtoj 1 nafar yoshga uy-joy qurib berildi.

Masalan, “Yangiqishloq” MFYda yashovchi G.Mamatqulovaga 2 xonali uy-joy qurib berildi. Shuningdek, ushbu mahalladagi Ch.Risqulovaga tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘zini-o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinasi subsidiya asosida ajratildi. Sektor hududida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Quyitosh”, “Yangiqishloq” va “Xalqobod” MFYlarda “Workout” sport maydonlari tashkil etildi.

“Temir daftar”ga 471 ta ehtiyojmand oila kiritilgan bo‘lib, shundan 461 tasi kambag‘allikdan chiqarildi. Xo‘sh, bunga qanday erishilmoqda?

Birinchidan, kambag‘al oilalardagi mehnatga layoqatli 484 nafar ishsizlar ishga joylashtirildi va ushbu toifadagi oilalarga 436 mln. so‘mlikdan ortiq moddiy yordamlar berildi.

Bu hali hammasi emas. Sektor hududidagi “Nurli kelajak” nomli 14-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yanada rivojlantirildi. Ushbu MTT 84 nafar tarbiyalanuvchidan iborat bo‘lib, 20 nafar yoshning bandligi taʼminlangan. Tashkilot keng va yorug‘ xonalardan iborat bo‘lib, har bir guruh 28 nafar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan, yetarlicha jihozlar, didaktik va tarqatma materiallar hamda bolalar yoshiga mos keladigan o‘yinchoqlar bilan taʼminlangan.

Har bir guruhlarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida yotoqxonalar hamda hojatxonalar mavjud. Bugungi kunda rus tili va mental arifmetika to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.

Sardoba tumani, Do‘stlik SIU, Yangiqishloq MFY hududida joylashgan “Zoirbek Chorva Kelajagi” fermer xo‘jaligiga 2020-2021 yil tuman ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 1,6 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Natijada Аvstriya davlatining KLINGER korxonasidan nasldor chorva mollari olib kelingan. Bu esa bandlik masalasini oshirish bilan birga, aholining hamda maktabgacha taʼlim muassasalarining sutga bo‘lgan ehtiyojini ham qondirmoqda.

Sektor hududidagi “Etti jahon” MChJ faoliyati ham yaratib berilgan imtiyozlar asosida rivojlanmoqda. Xususan, tegishli tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratildi. Korxona ish boshlagach, 6 nafar “yoshlar daftar”ga kiritilgan yoshning bandligi taʼminlandi.

Korxonada bugungi kunda Xitoyda ishlab chiqarilgan uskunalar olib kelingan bo‘lib, ularni o‘rnatish-montaj ishlari olib borildi. Hayotga tatbiq etilayotgan yangi loyihaning ishlab chiqarish quvvati bir kunda 1 tn. sutni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Qayta ishlangan sutdan bir necha xil mahsulotlar qatiq, qaymoq, pishloq, shirin sut (yogurt) ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda tadbirkorlik subʼektlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish dolzarb masala sifatida qaralmoqda.

Joriy yilning yanvar — iyun oyida davlat xizmatlari markazi tomonidan 314 ta tadbirkorlik subʼekti, shundan 157 ta yuridik shaxslar hamda 98 ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Tuman prokuraturasining amaliy yordami bilan 29 ta tadbirkorlik subʼyektiga 1 mlrd. 082 mln. so‘m kredit mablag‘i, 19 ta tadbirkorlik subʼektiga kommunikatsiya tarmog‘iga ulanishi, 10 tasiga litsenziya va ruxsatnoma rasmiylashtirilishi, 58 ta tadbirkorlik subʼektining tashkil etilishi hamda 6 ta tadbirkorlik subʼyekti manfaatida 600.942.000 so‘mga haqdorlikni undirish yuzasidan iqtisodiy sudlarga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlandi.

Masalan, “Qoraboyevlar avlodi” MChJga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun bankdan 200 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida MChJ tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilishi taʼminlandi.

Yana bir jihat. 2-sektor faollari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini taʼminlash maqsadida zarur chora-tadbirlarni ko‘rayotir. Xususan, “Obod qishloq” dasturi doirasida tanlab olingan Birlik va Yangiqishlok mahallalaridagi 1440 ta xonadonlarda yashovchi 11566 nafar aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida dastur doirasida ushbu 2 ta mahalla uchun 21 255 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilib, bugungi kunda bu borada zarur ishlar davom ettirilyapti.

Dastur doirasida uy-joy fondini yaxshilash jami 19 ta ko‘p kvartirali uy-joylar taʼmirlanib, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash rejalashtirilgan.

Piyoda yo‘laklari va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha jami 4 km. piyoda yo‘laklari va 120 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlariga 1,0 mlrd. so‘m mablag‘ mahalliy byudjet hisobidan bajarilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha 2 ta qishloqda jami 11,3 km. yo‘llar taʼmirlanishi rejalashtirilib, shundan 1,2 km. yo‘lda asfalt-beton yotqazish va 10,1 km. qismiga tuproq yo‘lga shag‘al yotqizilishi rejalashtirilgan.

Yutuqlar ko‘p, lekin hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ham yo‘q emas. Hududni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, bandlikni taʼminlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. Bu Sardoba tumani ikkinchi sektor rahbari va faollarining asosiy maqsadlaridan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

“Xalq so‘zi”.

Xasan PАYDOEV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?