Kursk hujumi Moskvaga Ukraina sharqidagi yurishni tezlashtirishga imkon berdi — Putin

17:07 05 Sentyabr 2024 Dunyo
183 0

Foto: AFP

Kursk hujumi Donbass yurishini sekinlashtirmagan va Kiyevning ushbu harakati aks taʼsir koʻrsatib, Moskvaga Ukraina sharqidagi yurishini tezlashtirishga imkon bergan.

Bu fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumidagi nutqida aytib oʻtdi.

Shu oʻrinda u Donbassni qoʻlga olish Moskvaning 2022-yilda boshlangan keng koʻlamli “maxsus harbiy operatsiyasi”ning asosiy maqsadi ekanligini va Ukrainaning Rossiya chegara mintaqalariga qarshi harakati frontning qolgan qismida oʻz kuchlarini zaiflashtirganini taʼkidladi.

“Dushmanning maqsadi bizni xavotirga solish edi. Ayniqsa, Donbassda bizning hujumimizni toʻxtatish boʻlgan. Bu reja ish berdimi? Yoʻq”, dedi Putin.

Shu yilning 6-avgust kuni amalga oshirilgan Kursk hujumi Ikkinchi jahon urushidan beri Rossiya suveren hududiga qilingan eng yirik bosqin boʻlib, unda minglab ukrainalik askarlar dronlar, ogʻir qurollar va artilleriya guruhlari ishtirok etdi.

Oʻz navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kursk hujumi urushni Rossiyaga koʻchirish, Putinni tinchlikka majburlash va qoʻshni Sumi mintaqasiga hujumlarning oldini olish uchun bufer zona yaratishga urinish ekanini qayd etdi.

Ukrainaning yuqori martabali qoʻmondoni general Aleksandr Sirskiyning aytishicha, Kursk hujumining maqsadlaridan biri Rossiya kuchlarini boshqa hududlardan, birinchi navbatda Pokrovsk va Kuraxove yaqinidagi Sharqiy Ukrainadan chalgʻitish boʻlgan.

Putinning qoʻshimcha qilishicha, hududdan dushmanni chiqarish Rossiyaning oliy burchi boʻlib, vaziyat barqarorlashmoqda. Kurskdagi hujumlar boshlangan vaqtgacha kelishuvni rad etgan Rossiya rahbari endi muzokaralarga tayyorligini bildirmoqda. Uning aytishicha, jarayon 2022-yilda Istanbul shahrida erishilgan ikki mamlakat muzokarachilari oʻrtasida bekor qilingan bitimga asoslanishi kerak. Putinga koʻra, oʻsha yilgi kelishuvdan Ukraina mamnun boʻlgan, ammo bunday qilmaslik buyrugʻi boʻlganidan keyin kelishuv oxiriga yetmagan. Chunki AQSH, Yevropa elitalari Rossiyani strategik magʻlubiyatga uchratish niyatida boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?