Kursantlar Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻldilar

17:42 09 Noyabr 2020 Jamiyat
160 0

Bugun Qurolli Kuchlar Akademiyasida “Yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, oʻz mustaqil fikriga ega boʻlgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. U “Yoshlar kuni” doirasida yaqinda Vatanga qasamyod qilgan 1-bosqich kursantlarining Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻlishlari munosabati bilan tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashi raisi Nodirbek Shukurov kursantlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maqsad hamda vazifalari, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, Ittifoqning bugungi kunda olib borayotgan faoliyati va istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Tadbir davomida Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻlganliklari munosabati bilan 1-bosqich kursantlariga aʼzolik guvohnomasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi koʻkrak nishonlari Akademiya boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Davron Usmanov va Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulugʻbek tumani Kengashi raisi Nodirbek Shukurovlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?