Kuryerlik joʻnatmalaridagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari toʻxtatib qolindi
Respublikamizga sifatsiz dori vositalarini olib kirilishiga chek qoʻyish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, “Navoiy” xalqaro aeroportiga “Istambul-Navoiy” yoʻnalishidagi aviareysda keltirilgan kuryerlik joʻnatmalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, xujjatlarda koʻrsatilmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan, sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Umumiy qiymati qariyb 22 million soʻmlik ogʻirligi 580 kilogrammni tashkil etuvchi ushbu dori darmonlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring