Kurash boʻyicha Oʻzbekiston Kubogini qaysi jamoa qoʻlga kiritdi?
Foto: "Xalq so'zi"
Buxoro shahrida kurash boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi bahslari boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafardan ziyod sportchi 15 vazn oifasida gʻoliblik uchun gilamga chiqdi.
— Milliy kurashimiz dunyoda obora ommalashib boryapti, — dedi musobaqaning Buxoro olimpia zaxiralari kollejida oʻtgan tantanali ochilish marosimida soʻz olgan Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari N. Yusupov. — Xalqaro sport maydonlarida “Kurash”, “Halol”, “Tanbeh” singari oʻzbekcha atamalarni eshitishning oʻziyoq koʻnglimizda faxr — iftixor hissini uygʻotadi.
Nizomga koʻra, har bir jamoa tarkibida 9 nafar ( 5 nafar erkak, 4 nafar ayol) kurashchi joy oldi. Uch kun davom etgan bellashuvlar nihoyasida Buxoro va Samarqand viloyatlari jamoalari final bahsida oʻzaro roʻbaroʻ keldilar.Unda mezbon jamoa 8:1 hisobida gʻalaba qozonib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring