Kurash boʻyicha Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turniriga ilk mehmonlar yetib kelishdi

08:52 08 Aprel 2021 Sport
381 0

Foto: Sardor Mullajonov ("Xalq so'zi")

Xabaringiz bor, shu yil 9-12-aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kurash boʻyicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy XV xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda dunyoning 30ga yaqin davlatidan 105 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Shundan 75 nafari sportchilar boʻlib, ularning 15 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Kecha mazkur nufuzli musobaqada qatnashuvchi ilk mehmonlar yurtimizga yetib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy mehmonlarning tashrifini Bangladesh vakillari boshlab berishdi.

Bangladesh Yoshlar va sport vazirligi kotibi Soxel Ahmad boshchiligidagi delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi.

Shu yerning oʻzida janob Ahmad mahalliy jurnalistlarga intervyu berarkan, avvalo munosib ravishda kutib olishgani uchun Oʻzbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi. Qolaversa, soʻnggi yillarda kurash sportining dunyo miqyosida jadal rivojlanib borayotganligini, Bangladeshda ham ushbu sport turiga qiziqish yuqori ekanligi va Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turnirida ushbu yurt polvonlari ham munosib ishtirok etishiga ishonishini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?