Kuniga 10 ming va undan ortiq yurganlarning elektron hamyoniga 3 ming soʻm oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming soʻm;
bir oyda bir marta tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 300 ming soʻm, hududlar boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 500 ming soʻm, respublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 1 mln soʻm qoʻshimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga oʻtkaziladi.
(moliyalashtirish aholi salomatligi uchun zararli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilardan maxsus yigʻim joriy etish hisobidan amalga oshiriladi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring