Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi

20:38 28 Fevral 2021 Jamiyat
7358 0

Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2-“Shaldiramoq” mahallasida obodonchilik hasharida qatnashib, nochor xonadonga yordam berdi.

Hususan, Bahmalbop koʻchasi, 57 xonadonda istiqomat qiladigan Soliyevlar uyida oʻtkazilgan oʻrganish natijasida bir uy bir dahliz va oshxona qurilishi boshlab yuborildi. Ishsiz oila aʼzolari ishga joylashtirilib, doimiy daromad manbai bilan taʼminlandi. Oilaning katta oʻgʻli Hasanjon Soliyevning toʻy marosimini homiylik asosida oʻtkazishga kelishib olindi va toʻyga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Marufjon Usmonov mahallani obodonlashtirish ishlarida ishtirok etib uylarning devorlarini, daraxtlarni oqladi. Mahallada Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan barcha shart sharoitlardan foydalanish imkoni yaratildi.

Mahalla faollari, shahar hokimi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlarda bir yoqadan bosh chiqarib, faol ishtirok etishlarini bildirdilar.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?