Kun fotosi: Asaka tumani hokimidan master-klass

13:53 21 May 2021 Jamiyat
7788 0

“Yoshlar forumi” davomida Asaka tumandagi BOʻSM sport zalida sportning Oʻzbek jang sanʼati turidan viloyat musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Bugungi musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi Mansurbek Alixanov va sektor rahbarlari ishtirok etdi. 

“Ochilish marosimida dastlab davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan soʻng tuman hokimi soʻz olib sportchilarga omad va zafarlar tiladi. Bugungi boʻlib oʻtayotgan tadbirda viloyatimizning 10 ta tumanidan 200 nafardan ziyodroq yosh sportchilar ishtirok etishmoqda. Sportchilar tomonidan turli xil qiziqarli chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, sportchilar tomonidan «Assalom tong” sogʻlomlashtirish mashqlari ham bajarildi.
 

Sport tadbirlari davomida tuman hokimi tomonidan maxsus chiqish namoyish etildi. Bu esa yoshlarga oʻzgacha motivatsiya berdi», deyiladi tuman hokimligi axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?