“Kun fotosi: 75 003 VSF, 75 007 VSF!”.. Qoidabuzarlarga chora koʻrildi

Joriy yilning 24-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Kun fotosi: 75 003 VSF, 75 007 VSF! Qonun faqat oddiy fuqaroga ishlaydi, ijro etuvchilarga taʼsir qilmaydi!” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi.
Video lavha oʻrganildi va «Lasetti» rusumli, 75 007 VSF hamda «Kaptiva» rusumli, 75 003 VSF davlat raqam belgili avtomobillar haydovchilariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarining 91-bandi talablarini buzganliklari boʻyicha belgilangan tartibda chora koʻrildi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
"Barcha haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻraymiz.
Jamoatchilik nazorati rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshib borayotgan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz" deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring